Light | 18:48 / 17.10.2017
42639
7 daqiqa o‘qiladi

Shahar ichidagi shahar: Milliardlab dollarlik bosh qarorgohlar

«Xodimlar uchun saroylar»ni barpo qilish hozirgi zamon talablariga muvofiq ravishda korporativ madaniyat va jamoaviy muhitni  shakllantirishda qo‘l keladi. 

Axir bu jannatmonand-ku!

Ha, Mey Holland Apple kampusidagi yangi ish joyiga birinchi bor kelganida xuddi fikr xayolidan o‘tdi. Atrof ko‘m-ko‘k, sportzal, kafe, ko‘ngil  ochish uchun barcha imkoniyat bor. Mey binoni tomosha qilar ekan, uning fikru xayoli shu narsalar bilan band edi. Avvalgi ofisdagi kulrang to‘siqlar bilan yangisini umuman qiyoslab bo‘lmas edi. 

Meyning yuqoridagi ish joyi tasvirlari Deyv Eggersning «Sfera» nomli asaridan bo‘lib, Apple korporatsiyasining yangi kampusiga juda ham o‘xshashdir. Asl qarorgoh ham kitobdagi singari «uchar likopcha» shaklida barpo etildi. To‘g‘ri, badiiy asardagi qarorgoh yaqinda tasviri bir necha yillar avval bitilmagan. Ammo barcha xodimlarni ulkan majmua ostida to‘plash g‘oyasi 50 yillar oldin paydo bo‘lgan.

Kaliforniyaning Kupertino shahridagi Apple kampusida Stiv Jobs teatri

Foto: Getty Images

Shahar tashqarisidagi kampus 

Amerikaning bog‘u rog‘larga burkangan birinchi korporativ kampuslari olimlar va muhandislar uchun mo‘ljallangan edi. 1942 yili AT&T telefon kompaniyasi Nyu Jyersi shtatida Bell Labs deb nomlangan ilk kampusni barpo etdi. O‘tgan asrning 50-yillariga kelib, General Motors, General Electric va General Life Insurance undan o‘rnak oldi. O‘shanda bu kabi kampuslar turlicha ataldi — sanoat parki, tadqiqot parki yoki texnologiya parki — bularning barchasi fan va ishlab chiqarishning tabiat bilan hamohangligini qayd etar edi. 

Nyu Jyersidagi Bell Labs kampusi, 1949 yil

Foto: AT&T Archives and History Center

Urushdan keyingi Amerika shaharlarini xavfli, iflos, aholi ko‘p va irqiy kamsitish bilan bog‘liq muammolar avj olgan shaharlar deyish mubolag‘a bo‘lmaydi. Shahar tashqarisidagi faqatgina avtomobillarda borish mumkin bo‘lgan kampuslar esa, tartibsizliklardan qochish borasida ilk qaldirg‘ochlar bo‘ldi. 

Suratlarda kampuslarning jozibador aks etishi salohiyatli mijozlar va yangi xodimlar orasida o‘ziga xos ijobiy ta'sirga ega edi. Kampus nafaqat ish joyi, madaniy va ijtimoiy ma'noda timsol edi. Kampus, shuningdek, dam olish hamda birgalikda vaqtni o‘tkazish imkoni borligi tufayli hamjamiyat taassurotini ham uyg‘otar edi. Ular tugallangan muhitdek tasavvur hosil qilar edi. U yerda ishxonadan tashqari, dam olish maskanlari, kafelar, do‘konlar va barcha zaruriy xizmatlar mujassam etilgandi. Natijada ish vaqtida ten¬nis o‘ynash yoki qahva ichish korporativ hayotning ajralmas bo‘lagiga aylandi. 

Foto: Seattle Municipal Archives/Flickr/CC BY-SA

Yuqori qavatlari erkak menejyerlar uchun xususiy ofislar sifatida ajratilgan edi

21-asr kampusi

1990-yillarga kelib uydan ishlash imkoniyati paydo bo‘ldi. Bundan tashqari, autsorsing va ishlab chiqarishni boshqa mamlakatlarga ko‘chirish avjiga chiqa boshladi. Shunga ko‘ra, kampuslarga ehtiyoj kamaydi. Bunda raqamli inqilob va iqtisodiy noaniqlik davrida yirik majmuani qurish juda ham mas'uliyatli qadam deb hisoblandi. Masalan, 2014 yili RBS bank va Lloyds moliyaviy muassasalari 1 mlrd funtlik (1,34 mlrd dollar) xarajatlarga qaramay, Angliyaga qaytishga qaror qildi. Shotlandiya mustaqilligi bilan bog‘liq referendum bunga asos bo‘ldi. Bundan tashqari, tashkilotni haddan ortiq markazlashtirish turli tabiiy ofatlar va terrorizm qarshisida zaiflashtiradi. Shu nuqtainazardan qaraganda, Apple korporatsiyasining 5 mlrd dollarlik kampusini qanday baholash mumkin?

21-asr Kremniy vodiysi sport zallari, dam olish xonalari, bepul tamaddixonalari, tibbiy xizmatlari va uygacha yetkazib qo‘yishi, moslashuvchan ish soatlari hamda belgilangan me'yordagi kiyimdan odatdagi kiyimlargacha e'tiborga oladi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, bugungi kunda ajoyib «korporativ kampus borligi» xodimlarni jalb etish va saqlab turish omillaridan biri bo‘lib qolmoqda. Kampus madaniyati ishni zerikarli jarayondan  — quvnoq hayotga qaytaradi. 

Foto: Alamy

San Frantsiskodagi namoyishchilar Google avtobusini yoqib yubormoqda, 2013 yil

Shu bilan birga, kampus — bu eksklyuziv utopiya bo‘lib, atrof-muhit bilan cheklangan darajada uyg‘unlashadi. Masalan, Google kampusiga xodimlarni eltuvchi xususiy avtobus ijtimoiy keskinlikning doimiy manbasi bo‘lib qolmoqda. 

Bir vaqtlar aholi shahar chekkasiga ko‘chganida kamqavatli kampuslar barpo etilgan bo‘lsa, endilikda shaharlarda baland kampuslar paydo bo‘lmoqda. Xususan, Xitoyning Tencent internet provayderi yer ustidan 250 metr balandlikda. Buning hayratlanarli joyi yo‘q — chunki shaharlarda qurilish maydonlari juda tanqis. Kampuslarni nafaqat xaytek kompaniyalar qurmoqda, Qantas kabi aviakompaniya, ANZ moliya tashkiloti kampuslarini ham misol tariqasida keltirish mumkin. Shvey¬tsariyaning Novartis farmatsevtika kompaniyasi kampusi mashhur arxitektorlarning loyihalari asosida qurilmoqda va uning qurilishi 2030 yilgacha davom etadi. 

Foto: Alamy

Novartis farmatsevtika gigantining Bazeldagi qarorgohi qurilishi, u qisman taniqli arxitektor Frenk Geri tomonidan loyihalashtirilgan

Ispaniyaning Telefonica kompaniyasiga qarashli kampusda 14 ming xodim ishlaydi. Bu Avstraliyaning 90 foiz shaharlari aholisidan ko‘p demakdir. Ammo korporativ kampuslar – bu shunchaki yirik ofislar emas, ularning so‘nggi yarim asrdan ortiq vaqt mobaynidagi ommabopligi, o‘z maqsadi, brendini ilgari suruvchi markazlashtirilgan kampuslar uzoq vaqt o‘zgarmasligini ko‘rsatadi. Xodimlar uchun esa, nafaqat ish joyi, balki ko‘proq qolishni orzu qiladigan joy hamdir. 

Mavzuga oid