Apple sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda Siri’ning yangi versiyasini yaratmoqda. Işçi nomi LLM Siri bölgan loyiha kelajakda OpenAI kompaniyasining ChatGPT sun’iy intellekt çatbotiga raqobat qilişi mumkin, deb xabar beradi Bloomberg.
Qayd etilişiça, yangilangan ovozli yordamçining taqdimoti 2025 yilga rejalaştirilgan, foydalanuvçilarga esa u 2026 yil bahorda taqdim etiladi.
Siri’ning asosini ulkan til modeli (LLM) taşkil etib, u ança tabiiy dialog olib borişga va murakkab masalalarni yeçişga qodir. Uşbu model aniqroq javob qaytariş uçun ulkan katta miqdordagi ma’lumotlarni tahlil qiladi. Istiqbolda yangi Siri hozirda Apple qurilmalariga örnatilgan ovozli yordamçi interfeysi örnini butunlay egallaşi mumkin.
Apple, şuningdek, iPhone, iPad va Mac uçun alohida ilova körinişida dasturiy ta’minotni test qilmoqda. Manbalarning sözlariga köra, LLM Siri funksiyasi iOS va MacOS’ning kelajakdagi versiyalariga muntazam qöşib boriladi. Ammo 2024 yil yozida taqdim etilgan Apple Intelligence platformasidagi kabi yangilaniş bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi va barça foydalanuvçilar undan birdaniga foydalana olmaydi.
Yangi Siri foydalanuvçilar ma’lumotlarini tahlil qiliş hisobiga sörovlar mazmunini yaxşiroq tuşuna oladi. Şu bilan birga dasturçilar maxfiylikning yuqori darajasini ta’minlaşga va’da bermoqda.
Hozirda kompaniya ovozli yordamçi ustida işlaş uçun mutaxassislarni faol qidirmoqda. Apple yangilangan yordamçi ChatGPT va Google Gemini’ga nafaqat yetib oliş, balki ulardan ötib ketişiga umid qilmoqda.








