AQŞ Adliya vazirligi suddan Google kompaniyasi (Alphabet’ga tegişli) zimmasiga onlayn qidiruv bozorida noqonuniy monopoliya örnatganiga jazo sifatida Chrome brauzerini sotiş majburiyatini yuklaşni talab qilmoqçi. Bu haqda Bloomberg agentligi öz manbalariga tayanib xabar berdi.
Prokuratura vakillari 20 noyabr kuni öz taklifini AQŞning Kolumbiya okrugi sudyasi Amit Mextaga taqdim etişni reja qilmoqda. Antimonopoliya organlari Google Chrome’ni sotişini xohlamoqda. Bloomberg Chrome’ni dunyodagi eng maşhur brauzer deb atab, AQŞ bozorining 61 foizi uning hisobiga töğri kelişini ma’lum qildi.
Manbalarning sözlariga köra, AQŞ hukumati qattiqroq jazo çorasini qöllaşdan voz keçgan, ular Googleʼdan Android mobil operatsion tizimini sotişni talab qilişlari mumkin edi.
Şu bilan birga, AQŞ Adliya vazirligi Googleʼga Android’ni boşqa mahsulotlaridan, jumladan, qidiruv tizimi va Google Play ilovalar dökonidan ajratiş taklifini ilgari surmoqçi. Şuningdek, idora kompaniyaga öz qidiruv tizimi natijalari va ma’lumotlarini litsenziyalaşni tavsiya qiladi, bundan taşqari, saytlarga Google sun’iy intellekti ularning kontentidan foydalaniş imkoniyatini taqiqlovçi köproq vakolatlar beradi.
Agentlikka köra, uşbu variantlarning barçasi vazirlik va unga qöşilgan ştatlar oktyabr oyida ilgari surgan dastlabki talablar röyxatida bölgan. Şuningdek, talablar qatorida Googleʼning boşqa texnologik kompaniyalar bilan eksklyuziv şartnomalarini taqiqlaş ham bor edi.
Googleʼning tartibga soliş masalalari böyiça vitse-prezidenti Li-Enn Malxollandning ma’lum qilişiça, Adliya vazirligi «uşbu işda huquqiy masalalardan uzoqroq bölgan radikal kun tartibini ilgari surişni davom etmoqda». Uning sözlariga köra, hukumat «Amerika iste’molçilari, işlab çiquvçilari va texnologiya rahbariyatiga eng zarur bölgan paytda zarar yetkazadi».
Adliya vazirligi holatga izoh berişdan boş tortgan.
5 avgust kuni AQŞning Kolumbiya okrugi sudi federal sudyasi Amit Mexta Google kompaniyasi onlayn qidiruv tizimi bozoridagi monopoliyasini saqlab qoliş uçun noqonuniy faoliyat yuritgani töğrisida qaror çiqargandi. Şundan söng Adliya vazirligi Google’ni bölib yuboriş böyiça talab qöyiş imkoniyatini faol körib çiqa boşladi.
Sud qarorida keltirilişiça, Google’ga egalik qiluvçi Alphabet INC kompaniyasi boşqa texnologik gigantlarga öz qidiruv tizimi smartfon va brauzerlarga standart variant sifatida örnatilişi uçun 26 milliard dollar tölagan, bu orqali kompaniya raqobatçilarining bozorda muvaffaqiyatga erişişiga imkoniyat qoldirmagan.












