Portugaliya ichki ishlar vaziri yong‘inlar tufayli iste'foga chiqdi
Portugaliya ichki ishlar vaziri Konstansa Urbano de Souza Portugaliyada davom etayotgan kuchli yong‘inlar sababli iste'foga chiqishga qaror qildi. Yong‘inlar joriy yilda 100 dan ko‘proq odamning halok bo‘lishiga olib kelgan. Bu haqda Publico nashri xabar bermoqda.
Vazirning aytishicha, u yozdayoq, Pedrogao Grande tumanida o‘rmon yong‘inlari tufayli 64 kishi halok bo‘lganda iste'foga ketmoqchi bo‘lgan, biroq o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etish va ularni nazorat qilish modelini tayyorlash uchun hukumatda qolishga qaror qilgandi.
Vazir ofat oqibatida odamlarning halok bo‘lishi ko‘plab omillarga bog‘liqligini, biroq u "o‘z sha'nini saqlab qolish" uchun iste'foga ketishga tayyorligini aytgan.
Hozirda Ispaniya va Portugaliyani katta ko‘lamli yong‘inlar qamrab olgan. Olov deyarli aholi punktlarigacha yetib borgan. Shu sababli minglab odamlar evakuatsiya qilingan. O‘t balosi bilan kurashish uchun maxsus texnika, o‘nlab samolyot va vertolyotlar jalb qilingan. Tabiiy ofatga qarshi 6 mingdan ko‘proq qutqaruvchi kurashmoqda.
Oktyabrda Portugaliyaning markaziy va shimoliy tumanlarini qamrab olgan o‘rmon yong‘inlari 41 kishining o‘limiga olib keldi.
Mavzuga oid
23:08 / 21.09.2024
Braziliyadagi qurg‘oqchilik va o‘rmon yong‘inlari butun dunyoda qahva narxining oshishiga olib kelmoqda
23:46 / 18.09.2024
Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari tufayli favqulodda holat e’lon qilindi
23:33 / 16.09.2024
Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari avj oldi. YeI mamlakatga o‘t o‘chiruvchi samolyotlarni yubormoqda
23:42 / 28.08.2024