Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atigi bir necha qadam – Portugaliya va Ispaniya o‘rtasida dunyodagi eng kichik xalqaro ko‘prik bor
O‘lchami kichik bo‘lgani uchun bu ko‘prikdan avtomobillar o‘ta olmaydi.
Dunyoda Portugaliya va Ispaniya o‘rtasidagi tabiiy chegara bo‘lgan Arroyo-Abrilongo tor daryosini kesib o‘tuvchi atigi uch metr uzunlikdagi El-Marko ko‘prigi mavjud. Bu haqda Express xabar berdi.
Portugaliya va Ispaniya qo‘shni bo‘lsa-da, ular turli vaqt mintaqalarida joylashgan. Shunday qilib, ko‘prikdan o‘tayotganlar o‘z soati avtomatik ravishda bir soat oldinga siljiganini ko‘radi.
«Bu tajriba kichik ko‘prikni sayyohlar va noodatiy rekord ishqibozlari uchun attraksionga aylantirdi. Ko‘prik Portugaliyaning El Marko shaharchasini Ispaniyaning La Kodosera qishlog‘i bilan bog‘laydi va faqat piyodalar va velosipedchilar uchun mo‘ljallangan. Asl inshoot bir necha asrlar oldin mahalliy aholi tomonidan qurilgan va dastlab oddiy yog‘och taxtalar to‘plamidan iborat bo‘lgan», deb ta’kidlanadi materialda.
Fascinating Spain nashri ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘prik 2008 yilda Yevropa Ittifoqi mablag‘lari hisobidan rekonstruksiya qilingan. Ishda Portugaliyadan ham, Ispaniyadan ham ishchilar qatnashdi. Ko‘prik kichikligi sababli avtomobillar undan o‘ta olmaydi.
Dunyodagi eng qisqa xalqaro ko‘prik
Ko‘pgina reytinglarda bu unvon Zavikon orolida joylashgan AQSh va Kanada o‘rtasidagi ko‘prikka beriladi, ammo El-Marko taxminan 4 metrga qisqaroq.
Shuning uchun Portugaliya va Ispaniya o‘rtasidagi ko‘prik dunyodagi eng qisqa xalqaro ko‘prik hisoblanadi.
Mavzuga oid
18:49 / 08.07.2026
Tramp NATOda: Ispaniya bilan savdoni uzish va Grenlandiyani egallash da’vosi
08:35 / 30.06.2026
Tarixni bog‘lab turgan ko‘priklar: dunyodagi eng qadimiy inshootlar
19:32 / 24.06.2026
0:5. Bu nima edi? | JCh kundaligi
23:59 / 23.06.2026