iPhone 8 smartfonlarini ishlab chiqarish ikki baravarga qisqarishi kutilmoqda
Apple kompaniyasi iPhone X sabab iPhone 8 smartfonini ishlab chiqarishni ikki baravarga qisqartiradi. Ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan bu gadjyetning jahon savdosi unga safarbar etilgan mablag‘larni oqlamayapti. Insayderlarning bu haqidagi xabari korporatsiya aksiyalari narxini 1,5 foizga pasaytirdi.
Mashhur brendning yangi qurilmasiga talab u qadar katta bo‘lmayotganiga doir xabarlar to‘lqini fonida Apple'ning qimmatbaho qog‘ozlari narxi pasaydi. Ta'kidlanishicha, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida iPhone 8 sotuvlariga nisbatan iPhone 7 smartfoni muvaffaqiyatli sotilmoqda. Manbalarning xabar berishicha, korporatsiya shtab-kvartirasida joriy yilning noyabr-dekabr oyidan iPhone 8 smartfonini ishlab chiqarish sur'atlarini pasaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Ekspertlarning taxminlariga ko‘ra, korporatsiyaning yarmi iPhone 8 va iPhone 8 Plus smartfonlarini ishlab chiqarish bilan band, ikkinchi yarmi esa iPhone X va Watch aqlli soatlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqda.
Buyurtmalar va real savdolar hajmi pasayganidan keyin ishlab chiqarishning 60-70 foizi yil oxiriga borib yangi modelni ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi. iPhone X relizi noyabr oyi boshiga mo‘ljallangan, gadjyet eng yangi Face ID texnologiyasi bilan ta'minlanadi, smartfon sotuvlarining ilk bosqichida o‘tkir tanqislik kuzatilishi taxmin qilinmoqda.
Mavzuga oid
08:10 / 15.11.2024
Apple BBC, The Insider va "Exa Moskvy" podkastlarini Rossiyada yashirib qo‘ydi
23:31 / 14.11.2024
iCloud mijozlari Apple kompaniyasini sudga berdi
16:54 / 13.11.2024
Apple iPhone narxidagi kitobini chiqardi
11:28 / 10.11.2024