Microsoft’ning bozordagi qiymati 600 mlrd. dollardan oshdi
Microsoft AT-korporatsiyasining kapitalizatsiyasi NASDAQ birjasida so‘nggi 17 yil ichida ilk bora 600 mlrd. dollardan oshib ketdi. Bir kun avvalgi savdolar yakunida kompaniya aksiyalari bir donasi uchun 77,91 dollardan sotilayotgandi, kompaniya kapitalizatsiyasi 601,1 mlrd. dollarga teng edi, deb xabar bermoqda RBK.
Microsoft so‘nggi bor 600 mlrd. dollardan qimmatroqqa 2000 yilning 3 yanvar kuni baholangandi. O‘shanda AT-kompaniya aksiyalari eng cho‘qqiga chiqqandi – ular besh yil davomida to‘xtovsiz o‘sib bordi. 2000 yilning 10 mart kuni esa u keskin pastga qulagan – yuqori texnologiyali kompaniyalar kapitalizatsiyasi jiddiy ravishda pasaydi, NASDAQ indeksi esa bir yarim barobarga qisqardi va faqatgina 2015 yilda avvalgi pozitsiyalarga qaytdi.
Yil boshidan beri Microsoft qiymati 25,4 foizga o‘sdi. Shu bilan birga, AQShning eng katta qiymatga ega 500 ta kompaniyasini birlashtiruvchi S&P 500 indeksi 14,4 foizga o‘sdi. Microsoft jahondagi eng qimmat kompaniyalar o‘rtasida uchinchi o‘rinni egallab turibdi – undan oldinda Alphabet (Google’ning holding kompaniyasi, bozordagi qiymati $687,3 mlrd.) va Apple ($805,67 mlrd.) bor.
Mavzuga oid
20:38 / 18.09.2024
Microsoft ijtimoiy tarmoqlarda Kamala Harrisni qoralashga qaratilgan «Kreml botlari» faollashganini aniqladi
12:47 / 24.07.2024
“Bizda litsenziyali dastur ishlatadiganlar kam” - Windows'dagi uzilish nega O‘zbekistonni chetlab o‘tdi?
15:00 / 23.07.2024
Microsoft’dagi global uzilishdan so‘ng vaziyat normal holatga qaytdi
11:48 / 22.07.2024