Jamiyat | 15:46 / 21.10.2017
37277
1 daqiqa o‘qiladi

"O‘zbekkonsert" rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi

Foto: Madaniyat vazirligi

Joriy yilning 23 oktabridan “O‘zbekkonsert” davlat muassasasiga vaqtincha rahbar vazifasini bajaruvchi etib, ushbu muassasaning “Kontsert tomosha faoliyatini litsenziyalash” boshqarmasi boshlig‘i Odil Abdug‘aniyevich Abduqahhorov tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu vaqtga qadar vaqtincha rahbar vazifasini bajaruvchi sifatida Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi direktori A.Haydarov faoliyat olib borayotgan edi.

Bugun mazkur masala yuzasidan bo‘lgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov O.Abduqahhorovni jamoaga tanishtirdi. Yig‘ilishda vazirlikning boshqarma boshliqlari hamda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining barcha xodimlari ishtirok etishgan.

Mavzuga oid