Gruziyaning eng yaxshi futbolchisi Tbilisi meri etib saylandi
Kiyevning «Dinamo» va «Milan» klublari sobiq futbolchisi, «Gruzin orzusi» demokratik partiyasidan nomzod etib ko‘rsatilgan Kaxa Kaladze Tblisi shahar meri etib saylandi. «Gruziya Online» xabariga ko‘ra, jami ovozlarning 51,06 foizini qo‘lga kiritgan sobiq futbolchi endilikda poytaxt meri sifatida faoliyat olib boradi.
Shuningdek, saylovda mustaqil nomzod Aleksandr Elisashvili 17,46 foiz bilan ikkinchi pog‘onani egallagan.
Ma'lumot uchun, Kaxa Kaladze 2006 yil Gruziyaning eng yaxshi futbolchisi etib tan olingan. Futbol bo‘yicha Gruziya terma jamoasi sardori sifatida tanilgan sobiq futbolchi keyinchalik, Chempionlar Ligasi bahsida ikki marta zafar quchgan.
Oxirgi marta u Gruziya energetika vaziri etib tayinlangan edi.
Mavzuga oid
18:59 / 09.08.2024
Georgian Airlines aviakompaniyasi Navoiyga yuk parvozlarini yo‘lga qo‘ydi
22:38 / 06.08.2024
Gruziya parlamenti spikeri Saakashvili afv etilishi mumkinligini aytdi
15:26 / 03.06.2024
Gruziyada “chet el agentlari” haqidagi bahsli qonun kuchga kirdi
21:30 / 18.05.2024