Sport | 12:41 / 23.10.2017
24141
1 daqiqa o‘qiladi

«Golden Boy - 2017» sovrini sohibi ma'lum bo‘ldi

Italiyaning Tuttosport nashri «Golden Boy - 2017» sovrinini "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe qo‘lga kiritganini e'lon qildi.

Yevropaning 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan bu mukofot g‘olibi mashhur nashrlarning jurnalistlari orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakuniga ko‘ra aniqlanadi.

Fransiyalik futbolchi so‘rovnomada «Barselona» yarimhimoyachisi Usmon Dembele va «Manchester Siti» hujumchisi Gabriel Jyezusni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.

Mavzuga oid