Jahon | 17:26 / 23.10.2017
8820
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvada taniqli jurnalistga tahririyatda pichoq bilan hujum qilishdi

Foto: TASS

«Exo Moskvy» jurnalisti Tatyana Felgengauer pichoq bilan qurollangan erkak hujumiga uchradi. Bu tahririyat xonasida yuz bergan, deyiladi radiostansiya saytidagi xabarda.

Jurnalist ayol tomog‘idan jarohatlangan va shifoxonaga olib ketilgan. Shifokorlarning dastlabki ma'lumotiga ko‘ra, hozirda Tatyananing hayoti xavf ostida emas. 

Jinoyatchi qo‘lga olindi va politsiyaga topshirildi. RBK manbalariga ko‘ra, u jurnalist ayolga hujum qilishdan avval qorovulning yuziga ko‘zdan yosh sizdiruvchi gazni sepgan. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar unga ham tibbiy yordam ko‘rsatishdi.

RBK’ning Rossiya IIV Moskva bo‘yicha Bosh boshqarmasidagi manbasi so‘zlariga ko‘ra, shaxsiy ziddiyat ustuvor taxmin bo‘lib turibdi. «Radioboshlovchiga hujum shaxsiy mojaro natijasida amalga oshirilgan», - dedi u. «Bu taxmin hozircha ustuvor bo‘lib turibdi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi RBK suhbatdoshi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid