Sport | 17:40 / 23.10.2017
3929
3 daqiqa o‘qiladi

WADA vs Xitoy. Mamlakatda yirik miqyosda doping tizimi bo‘lganmi?

Foto: Global Look Press

Butunjahon dopingga qarshi kurash agentligi (WADA) ARD telekanalining keng ko‘lamli doping tizimi to‘g‘risidagi navbatdagi filmiga munosabat bildirdi. Bu safar agentlik Xitoyda dopingni ommaviy qo‘llash bo‘yicha surishtiruv boshlangani haqida ma'lum qildi.

Shu bilan birga, WADA’dan aniqlik kiritishlaricha, dopingga qarshi agentlik 1999 yilda tashkil etilgan, shuning uchun ARD telekanali filmida so‘z yuritilgan davr – 1980 va 1990-yillarda Xitoy termalaridagi dopingga hech qanday reaksiya bildira olmagan bo‘lardi. Biroq endilikda agentlik shifokor Ksyu Insyan tomonidan aytilgan barcha narsani tekshirish maqsadida ma'lumotlar to‘plash niyatida.

Kecha Xitoy olimpiya terma jamoalarining sobiq shifokori Ksyu Insyan jurnalist Xayo Zeppeltning navbatdagi mojaroli filmida XXR milliy jamoalari barcha a'zolari 1980 va 1990-yillarda doping qabul qilganini aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uni qabul qilgan sportchilardan eng kichigining yoshi 11da bo‘lgan.

Insyanning aytishicha, Xitoyda dopingning davlat tizimi bo‘lgan. «Bu tizimga 10 mingdan ortiq odam jalb etilgandi. O‘sha vaqtlarda xitoyliklar xalqaro musobaqalarda yutib olgan barcha medallarni olib qo‘yish lozim», - deya Ksyu Insyanning so‘zlarini keltiradi Deutsche Welle ARD telekanaliga asosan.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy terma jamoalari sportning barcha turida dopingdan foydalangan. Dopingni futbol, voleybol, basketbol jamoalari, stol tennisi, badminton, yengil atletika, suzish, gimnastika va sportning boshqa turlari bo‘yicha termalar qo‘llagan. «Agarda sen doping qabul qilishdan bosh tortsang, u holda ketishing lozim bo‘lardi. Doping hattoki o‘smirlar terma jamoalarida ham qo‘llangan», - degan Ksyu Insyan.

Shifokorning o‘zi Xitoy olimpiya termasidan 1988 yilgi O‘yinlar vaqtida ishdan bo‘shatilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu u terma jamoa a'zolaridan biriga doping berishdan bosh tortganidan so‘ng yuz bergan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid