O‘zbekiston | 16:50 / 24.10.2017
8287
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda paxta bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasi majlisi ish boshladi

Foto: O‘zpaxtasanoateksport

«O‘zekspomarkaz» ko‘rgazma pavilonlarida Paxta bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasining 76-yalpi majlisi va XIII Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasi ish boshladi. Mazkur yirik anjumanlar joriy yilning 28 iyun kuni e'lon qilingan “Paxta bo‘yicha Xalqaro konsultativ qo‘mitaning 76-yalpi majlisi va XIII Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasini o‘tkazishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoyishiga muvofiq o‘tkazilmoqda, deb xabar berdi "O‘zpaxtasanoateksport" xolding kompaniyasi Matbuot xizmati.

Dastlab yarmarkaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Anjumanni doimiy yarmarka qo‘mitasining raisi, “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi Akmal Kamalov kirish so‘zi bilan ochdi. O‘z ma'ruzasida mamlakatda paxta sanoati sohasidagi keng ko‘lamli islohotlar, istiqbolli loyihalar, hamkorlik aloqalari va paxta tolasini qayta ishlash borasida olib borilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi hamda anjmuna ishiga muvaffaqiyat tiladi.  

Shuningdek, anjumanda Paxta bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasining ijrochi direktori Kay Hyuz,  Pokiston Islom Respublikasi to‘qimachilik vazirligi kotibi Hasan Iqbol, PXKQning ekspertlar guruhi raisi Alan Vilyams va boshqalar so‘zga chiqdi.

Toshkentda ish boshlagan xalqaro anjumanda 1700 ga yaqin xorijiy hamda mahalliy mutaxassislar ishtirok etmoqda. Shuningdek, mazkur tadbirda yetakchi mamlakatlarda paxta va to‘qimachilik sohasining rivojlanishi, jahon paxta bozori tendensiyalari, savdo, logistika va sug‘urta masalalariga bag‘ishlangan 16 ga yaqin ochiq va mavzuli sessiyalar o‘tkaziladi.

Yarmarka doirasida mamlakat yengil sanoati salohiyati, jumladan, mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilayotgan turfa xildagi liboslar namoyishi rejalashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid