O‘zbekiston | 18:10 / 24.10.2017
35621
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy koreyalik vazir Tashkent City​ qurilish maydoniga tashrif buyurdi​

Foto: Tashkent City IBC

Janubiy Koreya Yer resurslari, infratuzilma va transport vaziri Kim Hyon Mi boshchiligidagi delegatsiya Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazining qurilish maydoniga tashrif buyurdi.

Loyiha ustida ish olib borayotgan delegatsiya tarkibida Janubiy Koreyaning Eximbank, Korea Expressway, Hyundai Engineering Co. Ltd, POSCO Engineering and Construction, HSnK Architecht Group​ kompaniya vakillarini ko‘rish mumkin.

Uchrashuv chog‘ida loyiha O‘zbekiston hukumati boshchiligida davom etayotgani, kelgusida xorijiy sarmoyadorlarni Tashkent City markazini barpo etishda loyihaga jalb etish uchun ko‘p imtiyozlar taqdim etilishi ta'kidlandi.

Bundan avvalroq koreyalik vazir Turkiya, Eron va O‘zbekistonga amalga oshirishi rejalashtirilgan ishchi tashrifi yuzasidan bir nechta hukumatlararo va tadbirkorlar doirasida masalalarni muhokama etishi rejalashtirilgani haqida xabar berilgandi. Shular orasida Toshkentdagi “aqlli shahar“ning qurilishi ham o‘rin olgan.

Foto: Tashkent City ishbilarmonlik markazi qurilishi boshlandi

Mavzuga oid