O‘zbekiston | 19:40 / 26.10.2017
13587
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Turkiya Bosh vazirini qabul qildi

Foto: Twitter / @TC_Basbakan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Istanbul shahrida Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binali Yildirimni qabul qildi. 

O‘zA xabariga ko‘ra, uchrashuvda 25 oktabr kuni Anqarada bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muloqotda hamkorlikning bugungi holati xolisona baholanib, uni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olingani ta'kidlandi. Mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo, sanoat, bank-moliya, investitsiya, turizm, yuk tashish, sog‘liqni saqlash, kadrlar tayyorlash, mudofaa va boshqa sohalardagi hamkorlikka doir 20 dan ziyod hujjatlar imzolangani yuqori baholandi. 

Muloqotda mazkur kelishuvlarni amalga oshirish, ikki mamlakat vazirlik va idoralari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlariga e'tibor qaratildi. Tomonlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashildi. 

Foto: Twitter / @TC_Basbakan
Foto: Twitter / @TC_Basbakan

 

Mavzuga oid