O‘zbekiston | 22:10 / 27.10.2017
43733
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev 28 oktabr kuni Toshkentning bir necha tumanida bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 oktabr kuni Toshkent shahrining bir necha tumaniga tashrif buyurishi kutilmoqda. 

«Kun.uz» manbasi prezident shanba kuni Yashnobod va Shayxontohur tumanlarida bo‘lishi haqida xabar berdi.

Shayxontohur tumaniga tashrif davomida prezident Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazining qurilishi jarayoni bilan tanishishi mumkin.

27 oktabr kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham Shayxontohur tumaniga kelgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid