O‘zbekiston | 17:15 / 27.10.2017
13247
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yil oxirigacha 86 ta yangi avtobus yo‘nalishi ochiladi

Foto: Toshshahartransxizmat

O‘zbekistonda yil oxirigacha 86 ta yangi avtobus yo‘nalishi ochilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Avtomobil va daryo transporti agentligidan xabar berishgan.

Bugungi kunda esa yo‘lovchilarga 57 ta yo‘nalish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish boshlangan. Bu jarayonda eng asosiysi - tashuvchilarni zarur transport vositalari bilan ta'minlash. Vaziyatni o‘zgartirish uchun mamlakatda joriy yilda jami 537 ta yangi avtobus sotib olish rejalashtirilmoqda.

Qayd etilishicha, ayni kunda mutaxassislar 81 ta yo‘nalishda yo‘l sharoitlarini o‘rganishgan va avtobuslar harakatini ochish uchun maxsus hujjatlarni tayyorlashgan. Jami 26 ta shahar, 44 ta shahar atrofidagi va 16 ta shaharlararo yo‘nalishlar ishga tushiriladi.

Bugungi kunda butun mamlakat bo‘ylab 80 ta tashuvchi 440 ta «Isuzu» rusumli avtobuslarni sotib oldi va ular yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid