Sport | 23:36 / 28.10.2017
6118
2 daqiqa o‘qiladi

Bundesliga. «RB Leyptsig»ni yenggan «Bavariya» peshqadamlikni qaytarib oldi

Foto: Twitter/FCBayern

Germaniya chempionatida 10-tur o‘yinlari davom etmoqda.

«Bavariya» o‘z maydonida «RB Leyptsig»ni qabul qildi. 10-daqiqadayoq mehmonlar himoyachisi Orban o‘ta qo‘pol o‘yini uchun maydondan chetlatildi. Bu esa mezbonlar ishini ancha yengillashtirdi. Natijada, Xames va Levandovskining birinchi bo‘limdagi gollari evaziga «Bavariya» o‘yinni g‘alabagacha olib bordi.

Bu natijadan so‘ng, «Bavariya» 23 ochko jamg‘arib, chempionat jadvalida «Borussiya» D klubidan o‘zib ketib, 1-o‘ringa chiqib oldi. «RB Leyptsig» hisobida 19 ochko bor, jamoa uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Germaniya chempionati, 10-tur
Bavariya – RB Leyptsig 2:0 (2:0, 0:0)

28 oktabr, «Alyants-Arena» stadioni
Gollar: 1:0 – 19 Xames, 2:0 – 38 Levandovski. 
Bavariya – Ulrayx, Xummels, Boateng, Alaba, Martines, Robben (Tolisso, 86), Kimmix (Rafinya, 84), Alkantara, Rudi, Xames, Levandovski (Vidal, 45).
RB Leyptsig – Gulachi, Orban, Xalstenberg, Klostermann, Upamekano, Zabittser (Bruma, 46), Keyta, Demme, Forsberg (Laymer, 62), Poulsen, Verner (Konate, 22).
Ogohlantirish: Alkantara (82).
Chetlatish: Orban (13).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid