Sergelida yuvish uchun qoldirilgan “Lasetti” olib qochildi
2017 yil 13 sentabr kuni soat 11:20 dan 16:20 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, N.A. Sergeli tumanida joylashgan avtomashinalar yuvish joyida, fuqaro N.R. o‘ziga tegishli bo‘lgan “Lasetti” rusumli avtomashinasini yuvish uchun qoldirganligi hamda kaliti o‘t oldirish joyida bo‘lganligidan foydalanib, uni olib qochgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur avtomashina Bektemir tumanidagi “Qo‘yliq” bozorining yonidan topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va N.A.ni ushlash choralari ko‘rilgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, N.A. aniqlangan va ushlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
12:00 / 12.10.2024
Sergelidagi portlash: 4 nafar ayblanuvchining har biri 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
07:53 / 28.09.2024
Tilanchilik uchun 10 yoshli o‘g‘lidan foydalangan erkak 10 sutkaga qamaldi
19:41 / 27.09.2024
Sergelida avtopoyga uyushtirib, piyoda o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 4 oyda ozodlikka chiqdi
07:21 / 03.09.2024