Jahon | 23:50 / 02.11.2017
5426
1 daqiqa o‘qiladi

Toabad birga: Ugandada umrbod prezidentlik qonunlashtirilmoqchi

Foto:republic.ru

Sharqiy Afrikada joylashgan Uganda davlatida umrbod prezidentlikni qonunlashtirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Mahalliy parlament 75 yoshdan kattalarga prezidentlik saylovlarida ishtirok etishga taqiqlovni bekor qilmoqchi. Bu esa amaldagi prezident, 73 yoshli Yoveri Museveni 2021 yilda oltinchi marotaba prezidentlik saylovlarida ishtirok etishi mumkinligini anglatadi.

Ushbu qonun loyihasi qabul qilinishi ehtimoli yuqori, chunki parlament prezident tarafdorlari tomondan nazorat qilinadi. Biroq hukumat shunga qaramay, ehtiyotini qilib, deputatlarga ochiqchasiga pullar bera boshlagan. Har bir deputatning hisob raqamiga go‘yoki “qonunga tuzatmalarni saylovchilar bilan muhokama qilish” uchun 29 mln shilling (8 ming dollar) o‘tkazib berilgan. Bu pullarni qaytarib bergan bir necha muxolif deputatlarning aytishicha, bu poradan bo‘lak narsa emas. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid