Sport | 16:10 / 03.11.2017
20126
2 daqiqa o‘qiladi

«Unga futbolda joy yo‘q». «Marsel» muxlisi hodisa tafsilotlarini so‘zlab berdi

Foto: RMC Sport

«Marsel» klubi muxlislaridan biri Yevropa Ligasi doirasida «Viktoriya Gimaraynsh»ga qarshi safar o‘yinidan oldin jamoa futbolchisi Patris Evra bilan ro‘y bergan mojaro tafsilotlarini so‘zladi. Futbolchi o‘zini haqoratlagani uchun muxlislardan birining boshiga oyog‘i bilan tepgan va unga hakam qizil kartochka ko‘rsatib, uni o‘yinga qo‘ymagandi. Natijada jamoa o‘yinni bir kishi kam bo‘lib boshladi va yutqazdi.

«Biz Evraga gap tashlay boshladik, chunki u oxirgi o‘yinlarda yaxshi harakat qilmayapti. Chigalyozdi mashg‘ulotlari boshida jamoa hujumchilari darvoza tomon zarbalar berishni mashq qilishdi, Evra ham ularga qo‘shilib olgandi. Unga hujumchilar orasida nima bor edi, hayronman. Baribir u to‘pni darvozaga kirita olmadi va to‘plardan biri muxlislardan birining boshiga tegdi. Albatta, u buni ataylab qilmagan. 

Bu vaziyatda boshqa futbolchilar uzr so‘ray boshladi, u esa buni o‘ziga ep ko‘rmadi. Unga muxlislar javob qaytarishdi.

Men bu so‘zlarni keltira olmayman, bu odob doirasidan tashqari so‘zlar edi, u esa bizning onalarimizni so‘kishni boshladi. Biz fanatlarmiz, ehtirosga berilishimiz mumkin, bizning harakatlarimizni ham oqlab bo‘lmaydi. Ammo Evraning reaksiyasi va muxlisning boshiga tepishi ikki karra yomonroqdir. Uni umuman oqlab bo‘lmaydi.

Bu ahmoqligi uchun u diskvalifiya qilinishi kerak. Bu uning faoliyatidagi jiddiy xato. Unga jamoada ham, futbolda ham joy yo‘q», — deya muxlisning so‘zlarini keltirgan RMC.

Mavzuga oid