Jamiyat | 08:03 / 06.11.2017
10045
2 daqiqa o‘qiladi

Vladimir Mashkovdan o‘zbekistonlik yoshlar uchun mahorat darsi

Shu kunlarda Yosh kinoijodkorlar kengashi ko‘hna Xiva shahrida bo‘lib turibdi. Safardan ko‘zlangan maqsad - o‘zbekistonlik yosh kinoijodkorlarning kino haqidagi nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash.

Safarning birinchi kunida rossiyalik taniqli aktyor Vladimir Mashkov Yosh kinoijodkorlar kengashi a'zolari hamda kinoga ixlosmand xorazmlik yoshlar uchun suratga olish maydonining o‘zida amaliy mashg‘ulotlar olib bordi.

Ilk marotaba yangi formatda tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlardan bir dunyo taassurotlar va bilimlar olgan Yosh kinoijodkorlar kengashi a'zolari “ming marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi ekan” degan fikrda.

Yosh kinoijodkorlar kengashi a'zolari uchun Xiva shahridagi amaliy mashg‘ulotlar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda Xiva shahrida Kinematografiyani rivojlantirish markazi ko‘magida rossiyalik ijodkorlar “Yubileynyy vstrechnyy” serialini suratga olmoqda. Karen Oganesyan rejissyorligidagi mazkur serialning bosh qahramoni rolida Vladimir Mashkov, shuningdek, filmda xalqimizning sevimli aktyorlari Ubaydullo Omon va Karim Mirhodiyev ham suratga tushmoqda.

Foto: Yosh kinoijodkorlar kengashi
Foto: Yosh kinoijodkorlar kengashi
Foto: Yosh kinoijodkorlar kengashi
Foto: Yosh kinoijodkorlar kengashi
Foto: Yosh kinoijodkorlar kengashi
Foto: Yosh kinoijodkorlar kengashi
Foto: Yosh kinoijodkorlar kengashi
Foto: Yosh kinoijodkorlar kengashi
Foto: Yosh kinoijodkorlar kengashi
Foto: Yosh kinoijodkorlar kengashi
Foto: Yosh kinoijodkorlar kengashi

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid