Moskvadagi uçta teatrda rejissyorlar özgardi. Aktyor Vladimir Maşkov «Sovremennik» teatri direktori, Yevgeniy Gerasimov Moskva akademik satira teatrining yangi badiiy rahbari, rejissyor Konstantin Bogomolov esa Roman Viktyuk teatrining badiiy rahbari etib tayinlandi, deyiladi 7 iyun, juma kuni e’lon qilingan Moskva meri va hukumatining saytidagi xabarda.
Şu bilan birga, uçalasi ham hozirgi badiiy rahbarlik lavozimlarini saqlab qoladi: Maşkov Oleg Tabakov teatrida, Gerasimov Malaya Ordinka teatrida va Bogomolov Malaya Bronnaya teatrida.
Moskva madaniyat departamenti boşliği Aleksey Fursin kadrlar özgarişini Maşkov, Gerasimov va Bogomolovning rahbarlik lavozimlarida erişgan muvaffaqiyatlari bilan izohlab, ular «madaniy meros va teatr an’analariga ğamxörlik qiliş qobiliyatiga ega ekanini» ta’kidladi. Vladimir Maşkovning sözlariga köra, u uçun yangi lavozim - «Sovremennik» taşkilotçilaridan biri, 47 yil davomida teatrni boşqargan Galina Volçek oldidagi «katta va şaxsiy mas’uliyat».
Vladimir Maşkov va Ukrainadagi uruş
Aktyor Vladimir Maşkov Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlarini qöllab-quvvatladi. Artist 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida Putin saylov ştabining hamraisi bölgan.
2023 yil dekabr oyida aktyor yagona nomzod sifatida Teatr arboblari uyuşmasining yangi rahbari etib saylandi. Xuddi şu oyda Vladimir Maşkov «Zolotaya maska» teatr mukofotining prezidentiga aylandi. Ukraina uruşi haqidagi fikrlarda özaro yuzaga kelgan kelişmovçilik tufayli aktyor 2022 yilgaça AQŞga yaşaş uçun köçib ötgan qizi Mariya Maşkova bilan barça aloqalarini töxtatdi.










