Jamiyat | 19:30 / 07.11.2017
55340
2 daqiqa o‘qiladi

Yo‘lovchi ayol xiyonatdan xabar topgach, samolyotni qo‘ndirdi

Foto: Qatar Airlines

Dohadan Baliga parvoz qilgan Qatar Airlines reysi samolyoti bortdagi eronlik yo‘lovchi ayol o‘z turmush o‘rtog‘i xiyonatidan xabar topishi ortidan Hindiston hududiga majburan qo‘ndi.

Gulf News nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, yo‘lovchi ayol uchish vaqtida turmush o‘rtog‘ining smartfonini uning barmoqlari orqali blokdan yechgan, bu vaqtda er uxlayotgandi.

Qayd etilishicha, ayol telefonda erining xiyonatiga dalillar topgan va uni ura boshlagan. 

Bu vaziyatga samolyot ekipaji a'zolari aralashgan, ammo ular g‘azab otiga mingan ayolni to‘xtata olishmagan. Yakunda uchuvchilar samolyotni Hindistonning Chennay shahriga majburan qo‘ndirishgan.

Xabar qilinishicha, er-xotin va ularning farzandi samolyotdan tushirib qoldirilgan, reys Baliga parvozni davom ettirgan.

Bu oila tunni aeroportda o‘tkazishga majbur bo‘lgan, keyin ularni boshqa aviakompaniya reysi bilan Kuala-Lumpurga jo‘natishgan. 

Huquq tartibot organlari bu vaziyatga aralashmagan.

Mavzuga oid