Nyu-Yorkdagi LaGuardia aeroportida mahalliy vaqt bilan 23:30larda (Toşkent vaqti bilan duşanba kuni 08:30da) Air Canada Express mintaqaviy reaktiv samolyoti qöniş vaqtida öt öçiriş maşinasi bilan töqnaşib ketdi. Oqibatda uning boş uçuvçisi va ikkinçi uçuvçisi halok bölgan.
Ölim holatlari haqida xabar bergan NBC News telekanali hodisada yana önlab kişilar jarohatlanganini ma’lum qildi. Reutersʼning telekanal manbalarga tayanib yozişiça, töqnaşuvda qatnaşgan öt öçiriş maşinasida politsiya xodimlari bölgan. Bir nafar serjant va bir politsiya xodimining suyaklari cingan: ular şifoxonada va holati barqaror ekani aytilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, Air Canada Express'ning hamkori Jazz Aviation tomonidan boşqarilgan CRJ-900 samolyoti Monrealdan 72 nafar yölovçi va tört nafar ekipaj a’zosini olib kelayotgan edi.
Flightradar24 parvozlarni kuzatiş portali ma’lumotlariga köra, havo kemasi öt öçiriş vositasiga taxminan 39 km/soat tezlikda urilgan.


Hodisadan söng Reuters agentligi olgan fotosuratlarda samolyotning burun qismi yuqoriga qarab qiyşayib qolgani körinadi.
Nyu-York va Nyu-Jyersi port ma’muriyatining ma’lum qilişiça, öt öçiriş maşinasi aeroportning 4-uçiş-qöniş yölagida samolyot bilan töqnaşgan vaqtda boşqa bir alohida hodisaga javoban – çaqiruv böyiça harakatlanayotgan bölgan. Rasmiylar ölim holatlari yoki jarohatlar yuzasidan hozirça biron-bir tezkor rasmiy izoh berişmadi.
AQŞ Federal aviatsiya boşqarmasi aeroport duşanba kuni soat 14:00 ga qadar yopiq qolişi kutilayotganini bildirdi. 18 ta reys boşqa aeroportlarga, asosan Nyu-York hududiga yönaltirilgan yoki jönaş punktiga qaytarilgan.
Nyu-Yorkdagi LaGuardia aeroporti 2025 yilda yiliga 30 milliondan ortiq yölovçiga xizmat körsatgan. U yerda AQŞning köplab aviakompaniyalari faoliyat yuritadi.




















