Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Ulyukayev ishi bo‘yicha sudda 2 mln. dollar solingan quti
Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi sobiq rahbari Aleksey Ulyukayevning ishini ko‘rib chiqayotgan Zamoskvoretskiy sudiga 2 million dollarni olib kelishdi. «Vedomosti» hamda RBK ma'lumotlariga ko‘ra, ichida pullar bo‘lgan va skotch bilan yopib qo‘yilgan qutini qora palto kiyib olgan tergovchi Aleksandr Shevchenko olib kirgan.
Qutida «Alohida muhim ishlarni tergov qilish bo‘yicha Bosh boshqarma» muhrlarini ko‘rish mumkin. Iqtisodiy rivojlanish vazirligi sobiq rahbari jurnalistlardan pullar bilan to‘la qutiga «teginmaslik»ni so‘radi. RBK’ning aniqlik kiritishicha, shundan so‘ng quti ustiga xira paket tashlangan va muhrlar ko‘rinmasligi uchun uni yon tomonga o‘girib qo‘yishgan.
Eslatib o‘tamiz, Ulyukayev «Rosneft» rahbari Igor Sechindan 2 million dollar miqdorida pora talab qilishda ayblanmoqda. Vazir va ishbilarmonning o‘zaro suhbatida «kolbasali savatcha» haqida gap borgan, unda esa Federal xavfsizlik xizmati tomonidan maxsus belgilar qo‘yilgan pullar bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:30 / 21.01.2026
Rossiya iqtisodiyoti migrantlarsiz yashay oladimi?
20:49 / 21.01.2026
Rossiyalik generalni o‘ldirishda ayblangan o‘zbekistonlik erkak umrbod qamaldi
15:47 / 20.01.2026
GFR hukumati: Ukrainadagi energiya ta’minoti falokatli holatga yaqin
14:58 / 20.01.2026