Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Rossiyadagi mashhur universitet filiali ochiladi
Yoshlar Ittifoqining Markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Moskvadagi «MISiS» Milliy tadqiqot texnologiya universitetida Rossiyada ta'lim olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda tadbirda ishtirok etgan KUN.UZ muxbiri xabar berdi.
Uchrashuvda ma'lum qilishicha, O‘zbekistonda «MISiS»ning filialini ochish bo‘yicha tegishli kelishuvlar imzolangan. Bu ishga asli kelib chiqish o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov bevosita bosh-qosh bo‘lib turibdi.
Shuningdek, Rossiya Yoshlar ittifoqining rahbari bilan memonrandum imzolangani ma'lum qilindi. Kelasi yilning boshlarida ikki davlat yoshlari o‘rtasida forum o‘tkazilishi mo‘ljallangan.
Tadbirda Quronboyev nostrifikatsiya haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Uning aytishicha, bunday qilinishiga sabab – xorijdagi xususiy ta'lim dargohlarini bitirib chiqayotgan kadrlarning bilim darajasiga e'tirozlar paydo bo‘lishi mumkin ekanligidir.
Mavzuga oid
11:10 / 29.11.2019
«Qizlar ovozi» platformasi qizlarga nimalarni va'da qiladi?
23:48 / 29.08.2019
O‘zbekiston tarixidagi eng yosh vazir o‘rinbosari Yoshlar Ittifoqiga vaqtincha rais bo‘ldi
23:26 / 29.08.2019
Qahramon Quronboyev Yoshlar Ittifoqi raisligidan ketdi
19:23 / 16.04.2019