O‘zbekiston | 12:50 / 09.11.2017
6239
1 daqiqa o‘qiladi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Peterburg delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

8 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi binosida vazirlik rahbariyati hamda O‘zbekistonga tashrif buyurgan Sankt-Peterburg delegatsiyasi o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar Samarqandda ochilgan mehnat migrantlarini tashkiliy yollash bo‘yicha Markazning keyingi faoliyatini muhokama qilishdi. Shuningdek, Samarqandda Sankt-Peterburg axborot-biznes markazi ochildi.

Tomonlar joriy yilning noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha agentlik hamda Rossiya Federatsiyasining Mehnat va bandlik bo‘yicha federal xizmati o‘rtasida axborot almashish bo‘yicha imzolangan Kelishuvning bajarilishini ko‘rib chiqdilar.

Mavzuga oid