Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston qadimiy savdo aloqalarini zamonaviy ko‘rinishda tiklashni taklif qildi
10 noyabr kuni Samarqand shahrida tashkil etilgan «Markaziy Osiyo: Yagona tarix va umumiy kelajak barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik» nomli xalqaro konferensiya birinchi ish kunini yakunlash arafasida turibdi. Unda ishtirok etayotgan Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev «mintaqa xalqlarini bitta din, e'tiqod, madaniyat va tarix birlashtirib turgani»ni ta'kidlab o‘tdi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, vazir qadim o‘tmishdan Markaziy Osiyo hududida rivojlanib kelgan savdo-iqtisodiy hamkorlik va yo‘llarga to‘xtalib o‘tib, uni zamonaviy ko‘rinishda qayta tiklashga umid bildirgan.
«O‘tgan yaqin haftada Qirg‘izistonda demokratik tamoyillarga mos prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Endilikda hukumat 2040 yilgacha mo‘ljallangan harakatlar strategiyasi ko‘rinishidagi davlat dasturini qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Unda yuqori texnologiya yutuqlaridan foydalangan holda elektron hukumat loyihasini amaliyotda joriy qilishni rejalashtirganmiz. Har bir ko‘zlagan maqsadimiz, loyihamizning markazida inson omili turibdi, uning huquqlari, xavfsizligi va erkinligi.
Mintaqa davlatlarining iqtisodiy rivojlanishi esa ularning o‘zaro hamkorligiga bog‘liq ekani ko‘p bor takrorlandi. Ammo mamlakatlar orasida chegara nazorati, savdo-iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishda haligacha murakkab masalalar yechilmay qolayotgani rost. Shu bilan birgalikda, mamlakatlarning iqtisodiy qudrati to‘liq namoyon bo‘lmadi. Qozog‘iston bilan Qirg‘iziston chegarasida nazoratni sun'iy oshirish tovar-ayirboshlash uchun yaratilgan platformani nosog‘lom holga olib kelmoqda», deb fikr bildirdi vazir.
Vazir shu o‘rinda O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaralarini demilitatsiya etish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhning faoliyatiga baho berib, bu tarixiy natijani qo‘lga kiritish uchun qo‘yilgan qadam, deya e'tirof etdi.
Mavzuga oid
19:30 / 12.10.2018
Qirg‘izistonlik amaldorning samolyotdagi janjali Tashqi ishlar vaziri iste'fosiga olib keldi
13:30 / 12.11.2017
Qirg‘iziston TIV: «O‘zbek-Qirg‘iz chegara nazorat punktlari soni oshirilishi mumkin»
12:22 / 07.04.2017
Abdulaziz Komilov Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
09:43 / 19.10.2016