Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bentley to‘rt eshikli Porsche elektrokari negizida yangi model ishlab chiqadi
Bentley kompaniyasi hashamatli elektrokar ishlab chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. U 4 eshikli Porsche Mission E shassisida ishlab chiqilishi mumkin, deb yozadi Automobile.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yangi Bentley modeli Barnato deb atalishi ehtimol. Elektrokar Britaniya kompaniyasining sobiq rahbari va «Le-Man» avtopoygasining 3 karra chempioni Vulf Barnato sharafiga shunday nomlanadi. Yangi elektromobil Porsche Mission E kabi 4 eshikli va 4 o‘rindiqli bo‘ladi. Ammo uning dizayni o‘zgaradi va saloni yanada dabdabaliroq jihozlanadi.
Hozircha elektrli Bentley mashinasining texnik ko‘rsatkichlari xususida ma'lumotlar yo‘q. Ammo Mission E umumiy quvvati 600 ot kuchiga teng 2 ta elektromotor bilan jihozlanishi ma'lum. U ilk «yuzlik»ka 3,5 soniyada erishadi. Mission E bir marta quvvatlantirilgach, 500 kilometrga yaqin yuradi.
«Porshe» o‘z elektrokarini 2019-2020 yillarda ishlab chiqishi kutilmoqda. U taxminan Panamera narxida bo‘ladi. Ammo Bentley elektromobili qachon konveyerga qo‘yilishi noma'lum.
Mavzuga oid
22:34 / 27.04.2026
Tarixdagi eng qudratli Porsche elektromobili taqdim etildi
09:13 / 31.10.2025
Volkswagen’ning bir chorakdagi zarari 1 milliard yevrodan oshdi
12:12 / 18.10.2025
Porsche kompaniyasini McLaren sobiq bosh direktori boshqaradi
15:07 / 26.07.2025