Koronavirus pandemiyasi keltirib çiqargan inqirozdan keyin ilk marta Volkswagen (VW) çoraklik zararga uçradi. Kompaniya 2025 yilning uçinçi çoragi (iyul–sentabr) uçun sof zarar 1,07 milliard yevroni taşkil etganini 30 oktyabr kuni Volfsburgda e’lon qildi.
Konsern moliya direktori Arno Antlits bu natijaning asosiy sabablari sifatida bojxona bojlarining oşirilişi va sportkar işlab çiqaruvçi Porsche şu’ba kompaniyasidagi muammolarni keltirdi. Yaqinda Porsche elektromobillar işlab çiqariş strategiyasini qayta körib çiqişga majbur böldi, ularga talab pastligi tufayli Volkswagen sentabr oyida 2025 yil uçun iqtisodiy prognozlarini keskin pasaytirgan edi.
Antlitsning ta’kidlaşiça, uşbu salbiy omillar bölmaganida VW’ning operatsion rentabelligi 5,4 foizni taşkil etar edi. Uning sözlariga köra, «bunday körsatkiç hozirgi iqtisodiy şaroitda munosib hisoblanadi».
Volkswagen ma’lumotlariga qaraganda, AQŞ prezidenti Donald Trampning tarif siyosatidan kompaniya yiliga taxminan 5 milliard yevro yöqotmoqda. YeI va AQŞ örtasidagi sönggi savdo kelişuviga köra, Yevropadan eksport qilinadigan avtomobillarga endilikda 15 foizlik boj qöllanmoqda, savdo uruşigaça bu 2,5 foizni taşkil etar edi.
Volfsburg konserni oxirgi bor çoraklik zararni 2020 yilning ikkinçi çoragida qayd etgan edi.












