Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yana 8 ovoz kerak, deputatlar Tereza Meyni chetlatishmoqchi
Foto: Reuters
Buyuk Britaniya parlamenti deputatlari bosh vazir Tereza Meyga ishonchsizlik bo‘yicha bayonotni imzolashmoqchi. Daily Mail xabariga ko‘ra bu breksit bo‘yicha muzokaralar bilan bog‘liq.
The Sunday Times xabariga ko‘ra, konservatorlardan bo‘lgan 40 deputat uning iste'fosi tarafdori, bosh vazirni lavozimdan chetlatish jarayonini boshlash uchun yana 8 ovoz kerak bo‘ladi.
Bundan avvalroq Britaniya hukumati qirollik Yevropa ittifoqidan ajralib chiqishi jarayoni 2019 yilning 29 martida boshlanishi haqida ma'lum qilgandi.
Oktyabr oyida Tereza Mey va Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker breksit bo‘yicha kelishuvlarni zudlik bilan «faollashtirish» masalasini muhokama qilishgandi.
Mavzuga oid
21:22 / 22.05.2026
Britaniyada TikTok va YouTube bolalar uchun xavfsiz emas deb topildi
23:07 / 20.05.2026
Britaniya radiostansiyasi qirol Charlz III vafoti haqida yanglishib e’lon qildi
08:40 / 20.05.2026
AQShdan keyin Britaniya ham Rossiya nefti bo‘yicha litsenziya berdi
08:48 / 16.05.2026