Sport | 19:20 / 12.11.2017
14135
1 daqiqa o‘qiladi

Isko jarohat oldi

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi terma jamoa yarim himoyachilaridan biri Isko Kosta-Rikaga qarshi kechgan va 5:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuv vaqtida jarohatlanganini ma'lum qildi.

25 yoshli xavbek o‘yinning 65-daqiqasida almashtirilgandi.

«Isko jarohatlandi. Lekin bu jiddiy emas», – degan Lopetegi.

Shu tariqa, Isko Ispaniya terma jamoasining 14 noyabr kuni Sankt-Peterburgda Rossiyaga qarshi o‘yinida qatnashmaydigan bo‘ldi.

Futbolchi ayni vaqtda «Real» ixtiyoriga qaytib kelgan.

«Real» shifokorlari Iskoning jarohatiga baho berishadi. Hozircha u «Atletiko»ga qarshi 18 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Madrid derbisida qatnashishi ham so‘roq ostida.

Mavzuga oid