Tramp Obamaning Putin bilan munosabat o‘rnata olmagani sababini tushuntirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp avvalgi prezident Barak Obamadan farqli ravishda, u va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida ajoyib munosabatlar o‘rnatilishi mumkinligini aytdi. Trampning aytishicha, Obama “kimyo”ga ega emasligi sababli buni uddalay olmagan.
“Fikrimcha, menda prezident Putin bilan ajoyib munosabatlar o‘rnatilishi mumkin va bu ikkala tomon uchun ham ajoyib bo‘ladi. Hillari bunga urinib ko‘rdi, biroq muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bu haqda hech kim gapirmayapti... U ahmoqona “qayta yuklanish” tugmasini yaratdi va o‘zini kulguga qo‘ydi”, deb aytdi Tramp.
Tramp bunda sobiq davlat kotibi Hillari Klinton Rossiya tashqi ishlar vaziriga “qayta yuklanish” ramziy tugmasini tuhfa qilganini nazarda tutgan. Unda ruscha “perezagruzka” so‘zi o‘rniga “peregruzka”, ya'ni “haddan ortiq yuklash” deb yozilgan bo‘lgan.
“Obama ham bu borada muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Uddalay olmadi, chunki “kimyo” bo‘lmagan. Ular orasida to‘g‘ri “kimyo” bo‘lmagan. Bilasizmi? Men buni tushunaman, chunki menda ham ba'zi odamlar bilan “kimyo” yo‘q. Masalan, sizlardan ba'zilaringiz bilan”, deb yuzlangan Tramp OAV vakillariga.
“Obamada Putin bilan noto‘g‘ri “kimyo” bo‘lgan. Hillari haqida gapirmasa ham bo‘ladi, u buni umuman eplolmasdi”, deb qo‘shimcha qilgan Tramp.
Tramp “kimyo” deganda kimyoda moddalarning bir-biri bilan reaksiyaga kirishish-kirishmasligini nazarda tutgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
22:03 / 15.11.2024
Shols va Putin ikki yil ichida ilk bor telefon orqali muloqot qildi
22:30 / 14.11.2024
Putin Rossiyada YouTube faoliyati sekinlashgani bilan «shug‘ullanish»ga va’da berdi
20:43 / 13.11.2024
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
22:15 / 12.11.2024