Jamiyat | 20:10 / 13.11.2017
16951
1 daqiqa o‘qiladi

Antaliyada Moskva Kremli (suratlar+video)

Foto: Booking.com

Antaliya aeroportidan 12 kilometr masofada 2003 yilda ochilgan va mehmonlarga standart xizmatlardan tashqari Moskvadagi Qizil maydonni yodga soluvchi manzarani taklif qiluvchi Wow Kremlin Palace mehmonxonasi joylashgan.

"Moskva Kremlining butun ulug‘vorligi mehr bilan O‘rtayer dengizi qirg‘oqlariga ko‘chirildi. Dam olish ta'tilini quyosh nur taratib turgan dengiz qirg‘og‘idagi saroyda o‘tkazmay, qayerda o‘tkazish kerak!", - deyiladi mehmonxona matbuot xizmatida. 

Foto: Booking.com

Suzish havzalari oldida muborak Vasiliy ibodatxonasi o‘rnatilgan. Mehmonxona hududida Kremlga yaqin boshqa o‘xshashliklarni, shuningdek, Katta teatrning kichraytirilgan nusxasini ham ko‘rish mumkin.

Foto: Booking.com

Bundan tashqari, mehmonlar uchun xususiy sohil, olti restoran, SPA-markaz va yopiq suzish havzasi mavjud.

Foto: Booking.com
Foto: Booking.com
Nazvaniye
Nazvaniye

 

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid