Sport | 01:45 / 14.11.2017
5523
2 daqiqa o‘qiladi

BMT 2018 yilgi Olimpiada vaqtida mamlakatlarni yarashuvga chaqirdi 

Foto: RIA "Novosti"

BMT bosh assambleyaci 13 noyabrda 2018 yilgi qishki Olimpiada o‘tkazilishi vaqtida Olimpiya yarashuvini qo‘llab-quvvatlovchi rezolyutsiyani qabul qildi. Ovoz berishsiz qabul qilingan hujjatda o‘yinlar “Koreya yarimorolida va Shimoli-Sharqiy Osiyoda tinchlik, taraqqiyot, sabr-toqatlik va hamfikrlik muhiti” yaratilishiga ko‘mak berishiga umid bildirilgan.

BMT Olimpiadadan 7 kun avval boshlanadigan va Paralimpiya o‘yinlaridan 7 kundan keyin tugaydigan davrda davlatlarni alohida va birgalikda “Olimpiya totuvligiga” amal qilish hamda sportchilar va delegatsiyalar a'zolarining “o‘yinlarga xavfsiz borishini, ularda xavfsiz ishtirok etishini ta'mnlashga” chaqirgan. 100 dan ko‘proq davlat hammuallifligida tuzilgan hujjatda Olimpiada o‘tadigan Pxënchxan shahridagi stadionda va Olimpiya qishloqlarida BMT bayrog‘i ko‘tarilishi ta'kidlab o‘tilgan.

Navbatdagi Olimpiada Janubiy Koreyaning Pxënchxan shahrida 9-25 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Ayni vaqtda Koreya yarimorolidagi vaziyat keskin bo‘lib qolmoqda. 

Sport musobaqalari vaqtida yarashuv sulhini tuzish an'anasi qadimga borib taqaladi. Qadimiy Gretsiyada miloddan avvalgi 8-asrda paydo bo‘lgan bu an'ana sportchilarga musobaqalar joyiga xavfsiz yetib olish va ular tugagandan keyin uylariga xavfsiz qaytib olishga imkon bergan.

Muhammadjon Ganiyev
Tayyorlagan Muhammadjon Ganiyev
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid