Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubaydagi “Mars shahri”da butun dunyodan olimlar faoliyat yuritadi
Dubayda quriladigan Mars Scientific City shaharchasida olimlar, muhandislar va tadqiqotchilarning xalqaro jamoasi Marsdagi hayotni o‘rganish bilan shug‘ullanadilar. Bu haqda Dubai Airshow ko‘rgazmasi vaqtida BAAning koinot agentligi ma'lum qildi.
Avval ma'lum qilingandek, Qizil sayyoradagi sharoitlar imitatsiya qilinuvchi “Mars shaharchasi” maydoni 170 ming kvadrat metrni, qurilishi esa 136 mln dollarni tashkil qiladi. Avvalroq internetda paydo bo‘lgan loyihalar suratlarida cho‘lda joylashgan bir nechta gumbazni ko‘rish mumkin. Bu gumbazlar ichida turar joylar va yashil o‘simliklar joylashtiriladi.
“Bu ilmiy shahar bo‘ladi, unda Marsda suv, energiya va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash kabi vazifalar tahlil qilinadi. Bu maqsadda unda butun dunyodan olimlar ishlaydi”, deb aytgan manba.
Bundan tashqari, 2020 yilda BAA Marsga zond uchirmoqchi, bu zond belgilangan joyga 2021 yilda yetib boradi.
“Zond Marsning butun atmosferasi qamrab olinishini ta'minlaydi. Biz uning yordamida Marsdagi iqlimni o‘rganishimiz mumkin. Bu arab davlatlarining bu maqsadda yuboriladigan ilk zondi bo‘ladi. Bu barchaga bizning fanga ulushimiz kattaligini ko‘rsatish va olimlar, muhandislar muhimligi va yangi avlodni shakllantirishi borasida yoshlarga nomamizdir”, deb aytgan manba.
Uning aytishicha, zond hozircha sinovdan o‘tkazilmoqda.
O‘tgan yili BAA 2117 yilgacha Marsda shahar qurishi va u yerga odamlar yuborishi rejalari haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
17:24 / 21.05.2026
Dubayga olib ketilayotgan qariyb 2 kg oltin to‘xtatib qolindi
14:13 / 04.05.2026
Dubayda ko‘chmas mulk orqali yashash uchun ruxsatnoma olishdagi minimal investitsiya miqdori bekor qilindi
19:38 / 02.05.2026
BAA havo hududini to‘liq ochganini e’lon qildi
08:40 / 31.03.2026