Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bu yerlarga begonalarning kirishi taqiqlanadi (fotojamlanma)
Insonlar bu ajoyib sayyoramizning deyarli har bir burchagini tadqiq qilishgan. Biroq shunday joylar borki, ularni faqat suratlarda ko‘rish mumkin, biroq u yerlarga kirish mumkin emas. Ehtimol, shuning uchun ham bu maskanlar odamlarni yanada kuchliroq o‘ziga jalb etar. BigPicture begonalar kirishi taqiqlangan 10 maskan haqidagi ma'lumotlari bilan bo‘lishdi.
Bogemiya o‘rmoni, AQSh
Umumiy maydoni 11 kvadrat kilometrdan iborat bo‘lgan hudud San-Frantsiskodagi Bogemiya nomi bilan mashhur xususiy erkaklar klubiga qarashli. 1989 yildan beri har yili iyul oyida dunyoning eng nufuzli kishilari bu yerga tashrif buyurishadi va ikki hafta davomida yozgi marafonda qatnashishadi. Yuz yildan ortiq vaqt mobaynida klub faoliyati sir tutilgan va bu ko‘p mish-mishlar hamda taxminlar tug‘ilishiga sabab bo‘lgan: ba'zilar Bogemiya klubi - yangi dunyo hukumati, o‘rmon esa - iblis yashaydigan joy deb o‘ylagan. Jurnalistlarning bu o‘rmonga kirishi taqiqlangan.
HAARP, AQSh
1997 yilda Alyaskada ishga tushirilgan majmua inosferani o‘rganish va raketa va havo mudofaasi tizimi rivoji uchun xizmat qiladi. U 13 gektar maydonni egallaydi. Fitna nazariyasi tarafdorlarining ta'kidlashicha, bu obekt iqlim o‘zgarishiga ta'sir ko‘rsatishi, sun'iy yo‘ldoshlarni o‘chirishi va inson ongini nazorat qilishi mumkin. Ular hatto bu joyning zilzila, qurg‘oqchilik, dovul, suv toshqinlari va epidemiyalar keltirib chiqarish mumkinligiga ishonishgan.
Mejgore, Rossiya
Boshqirdiston Respublikasida joylashgan bu shahar Rossiyadagi "eng yopiq" joylardan biridir. Ba'zi odamlarning aytishicha, bu yerda go‘yoki yer osti poytaxti qurilmoqda. Bu yerda, Rossiyaning boshqa yopiq shaharlaridan farqli o‘laroq, ilmiy-tadqiqot institutlari, harbiy obektlar, yadroviy qurol-yarog‘ yoki atom sanoati yo‘q. Mejgoreda aslida nima bo‘layotgani hozircha noma'lum.
Afon, Yunon Makedoniyasi
Afon — 20 pravoslav monastiri joylashgan ulug‘vor tog‘. Afsuski, u yerga hamma ham kira olmaydi. Ayollar kirishi taqiqlanadi. Nizomning 186-moddasi: "Qadimiy urf-odatlarga muvofiq, har qanday ayol zotining Muqaddas Tog‘ yarim oroliga kirishi taqiqlanadi". Afonada shuningdek urg‘ochi hayvonlar kirishi ham taqiqlangan. Faqat tovuqlargina bundan mustasno. Qonunni buzganlarga 8-12 oylik qamoq jazosi berilishi mumkin.
Coca-Cola retsepti saqlanuvchi joy, AQSh
Aytishlaricha, bu afsonaviy ichimlikning retseptini atigi ikki kishi bilar ekan. Retsept kompaniyaning shtab-kvartirasida yuqori texnologiyali qulflar ortida saqlanadi, oddiy odamlarning u yerga kirishi taqiqlangan.
Medog, XXR
Bu muqaddas maskan buddistlar uchun, u yerga olib boruvchi yo‘l yo‘q. Asrlar donishmandligini his etgisi kelgan odam u yerga tog‘u toshlar oshib borishlariga to‘g‘ri keladi. Yo‘lda tubsizlik uzra 200 metrli ingichka ko‘prikdan o‘tish kerak bo‘ladi.
Oymyakon, Rossiya
Oymyakon sayyoramizdagi eng sovuq qutblardan biri sifatida mashhur. Bu yerda yanvar oyida harorat haftalab 50 darajadan past ko‘rsatkichni qayd etishi mumkin.
Javari vodiysi, Braziliya
Taxminan 80 ming kvadrat kilometr keladigan maydonda 14 qabila yashaydi, ular tashqi dunyo bilan aloqa qilishmaydi. Ularni ko‘rishning deyarli iloji yo‘q, chunki mamlakat hukumatining o‘zi qabilalar izolyatsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, maxsus kuchlar esa u yerga begonalar kirishidan himoya qiladi.
Makka va Madina
Faqat Allohga ishonuvchi odamlargina masjid va saroylarning bunday betakror go‘zalligidan baxra olishi mumkin. Muqaddas shaharga islom diniga e'tiqod qilmaydiganlarning kirishi qat'iy taqiqlangan.
Keymada-Grandi (Ilonlar oroli), Braziliya
Orol dunyodagi eng xavfli ilonlar maskani sifatida mashhur. Mamlakat hukumati shu sababli, shuningdek flora va faunani saqlab qolish maqsadida orolga kirishni taqiqlaydi.
Mavzuga oid
14:05 / 10.06.2023
Jizzaxda sevgan qizining uyatli rasmlarini internetda tarqatish bilan qo‘rqitgan yigit qo‘lga olindi
20:29 / 15.10.2019
Ularni bu rakursda ko‘rmagansiz: Shaharlarning qush parvoz qiladigan balandlikdan olingan suratlari
12:24 / 04.03.2019
Akslardagi g‘aroyib go‘zallik
11:58 / 30.01.2019