Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Medvedev prezidentlik saylovlaridagi ishtiroki haqidagi savolga hazil javob qaytardi
Foto: TASS
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning prezident Vladimir Putin bilan Novo-Iyerusalim cherkoviga tashrifi vaqtida Rossiya OAVlardan birining jurnalisti Medvedevdan prezidentlik saylovlarida ishtirok etish-etmasligi haqida so‘ragan.
“Siz bu yil saylovlarda ishtirok etmoqchimiz?”, deb so‘ragan muxbir Medvedevdan.
“Yo‘q, chunki bu yil saylovlar yo‘q”, deb hazil javob qilgan Medvedev.
Gap shundaki, navbatdagi prezidentlik saylovlari 2018 yilda o‘tkaziladi. Muxbir 2018 yilni nazarda tutgan holda tezda savolini to‘g‘rilab qayta berganda Medvedev javob berishni lozim deb topmagan.
11 noyabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham prezidentlik saylovlaridagi ishtiroki haqidagi savolni ochiq qoldirgandi.
“Savolni hozircha javobsiz qoldiraman. Vaqti kelganda, biz bu mavzuga to‘xtalamiz”, deb aytgan Putin.
Rossiyada prezident lavozimiga saylovoldi kampaniyasiga 7 dekabrdan 17 dekabrgacha oraliqda start berish rejalashtirilgan. Saylovlar esa 2018 yil 18 martida o‘tkazilishi belgilangan.
Ayni vaqtda saylovlarda ishtirok etish istagini LDPR partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy, jurnalistlar Kseniya Sobchak va Yekaterina Gordon, “Avanti” biznes-vatanparvarlikni rivojlantirish tadbirkorlar uyushmasi rahbari Raxman Yansukov, “Ayollar muloqoti” partiyasi rahbari Yelena Semerikova, “Yabloko” partiyasi yetakchisi Grigoriy Yavlinskiy va Rossiya kommunistik partiyasi yetakchisi Gennadiy Zyuganovlar bildirganlar.
Mavzuga oid
09:42 / 11.12.2025
Ekspertlar: Rossiya frontdagi yo‘qotishlarni qoplayapti, qo‘shin soni oshmayapti
23:45 / 07.10.2025
Medvedev: «Yevropaliklar so‘yilishga ketayotgan hayvonday titrasin»
22:39 / 30.09.2025
Tramp yadroviy tahdidlari tufayli Medvedevni «ahmoq odam» deb atadi
11:35 / 04.08.2025