AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiyaning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev bilan mojaroga kirişganidan keyin «tegişli hududga» joylaştirişni buyurgan ikkita yadroviy suvosti kemasi belgilangan manzilga yetib keldi. Ular «allaqaçon bölişi kerak bölgan mintaqada», dedi Tramp 3 avgust, yakşanba kuni keçqurun Nyu-Jyersidan Vaşingtonga uçişidan oldin jurnalistlarga.
Biroq u suvosti kemalari qaysi mintaqada joylaşgani, ular yadro qurilmalari yoki yadro qurollari bilan jihozlanganiga aniqlik kiritmagan. Amerika yadroviy suvosti kemalarining joylaşuvi öta maxfiy sir sifatida köriladi.
Trampning ikkita atom suvosti kemasini «tegişli hududlarga» jönatiş haqidagi buyruği töğrisida 1 avgust kuni ma’lum böldi. U bu qadamini Dmitriy Medvedevning «öta provokatsion bayonotlari» bilan izohladi. Qaror «agar bu ahmoqona va ğazablantiruvçi bayonotlar şunçaki sözlardan iborat bölmasa», deb qabul qilindi», deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida. Tramp «sözlar juda muhim» va «köpinça kutilmagan oqibatlarga olib keladi» deb tuşuntirdi. «Umid qilamanki, bu safar bunday bölmaydi», — deya qöşimça qildi AQŞ prezidenti.
28 iyul kuni Medvedev X ijtimoiy tarmoğida Rossiyaga qarşi sanksiyalar joriy etiş tarafdori bölgan amerikalik senator Lindsi Grem bilan mojaroga kirişdi. Oq uy rahbarining yangi ultimatumi — Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça kelişuvlarga erişiş muddatini 50 kundan 10 kunga qisqartirişni u Rossiya va AQŞ örtasidagi «tahdid va uruş sari qadam» deb atadi va Tramp hamda Gremni «çollar» deb atadi. Bunga javoban Tramp 31 iyul kuni Truth Social'da Rossiya neftining yirik importçilaridan biri bölgan Hindiston va Rossiya iqtisodlarini «ölik» deb atadi. U Medvedevni «tilini tiyib yurişga» çaqirdi va «juda xavfli hududga kirayotganini» qayd etdi.












