Jahon | 12:35 / 16.11.2017
24047
1 daqiqa o‘qiladi

Darig‘a Nazarboyeva yangi lavozimni egalladi

Foto: Tengrinews

Qozog‘iston parlamenti Senatining xalqaro munosabatlar, mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitasi raisi Darig‘a Nazarboyeva Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi faoliyati masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashining yangi raisi etib saylandi. Bu haqda QR TIV axborot xizmati xabar berdi.

Xabar qilinishicha, Darig‘a Nazarboyeva bu lavozimda deputat, parlament Senatining ijtimoiy-madaniy rivojlanish va ilm-fan bo‘yicha qo‘mitasi raisi Birganim Aytimovani almashtirdi.

Nazarboyevaning o‘z kirish so‘zida ta'kidlashicha, jamoatchilik kengashining bosh vazifasi tashqi siyosat idorasi va fuqarolik jamiyati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani ta'minlash bo‘lib qoladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid