«Malla shahzoda» haqida 25 iqtibos. Messidan tortib Pelegacha.
17 noyabr kuni nolinchi yillarning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri bo‘lgan Pol Skoulz 43 yoshni qarshiladi. E'tiboringizga, futbol olamidagi uning jamoadoshlari, raqiblari va murabbiylarning u haqidagi fikrlarini havola qilamiz.
Xabi ALONSO: Ispaniyalik muxlislar uni juda yuqori baholaydilar, men uchun esa u haqiqiy namuna. U so‘nggi 15-20 yilda men ko‘rgan eng yaxshi yarim himoyachidir.
Dimitar BeRBATOV: Dunyoda hech kim Pol Skoulzning harakatlarini takrorlay olmaydi. U maydonning istalgan nuqtasiga aniq pas oshira oladi va o‘yinni ham nazorat qiladi.
Jorj BeST: Bu bola o‘ynashni bilar ekan.
Loran BLAN: Mendan kim so‘rasa aytaman: «Skoulz - eng yaxshi ingliz futbolchisi». Men «Manchester Yunayted»da uning nimalarga qodirligini ko‘rganman va faqat hayron qolganman.
Edgar DAVIDS: Biz hammamiz xuddi Skoulz kabi mukammal futbolchi bo‘lishni orzu qilamiz xolos.
Sesk FABReGAS: U men intiladigan darajadagi futbolchi, Premer Liganing eng yaxshi o‘yinchisi.
Aleks FeRGYuSON: Men qayerga borsam, Skoulzning o‘yinidan hayratlanishlarini yashirishmaydi. Ammo agar uni qo‘lga kiritishni ham o‘ylashsa, bekorga vaqt yo‘qotishlarini bilishlari kerak. U bu yerda barcha bosqichlarni bosib o‘tgan buyuk o‘yinchilardan biridir.
Luish FIGU: Men doim Skoulzni kuzatganimda, uni to‘xtatib bo‘lmasligini his qilaman. Maydonda uni ushlab bo‘lmaydi, maydon tashqarisida esa, umuman ko‘rmaysiz.
Xosep GVARDIOLA: U o‘z davrining eng yaxshi yarim himoyachisi bo‘lib qolaveradi. Men u bilan birga o‘ynashni juda istagandim.
Eydur GUDONSeN: U men bilgan eng mukammal futbolchilardan biri. Har doim uning qarshisida qolganimda, unga tenglasha olmasligimni his qilib turardim.
Teri ANRI: Men nega Skoulzning hali ham «Eng yaxshi o‘yinchi» bo‘lmaganiga tushunmayman. Allaqachon uni e'tirof etishlari kerak edi. Balki boshqa yulduzlar kabi, hammani o‘ziga qaratishni istamagani uchun shundaydir.
Jordan HeNDeRSON: Skoulzning futbolni tark etganini eshitish og‘ir bo‘lgan. Premer Ligadagi eng zo‘r yarim himoyachilardan biri. Mening butun davrlardagi kumirim. Afsona!
Marchello LIPPI: Menga eng kuchli jamoa qurish imkoniyatini berishsa, Pol Skoulz men birinchi bo‘lib chaqiradigan futbolchilardan biri bo‘lardi.
Diyego MARADONA: Uning texnikasi o‘ziga xosdir.
Leo MeSSI: La Masiyadagi darslarda uning ismini juda ko‘p tilga olishadi. U - Ustoz.
Joze MOURINO: Nega u Angliya terma jamoasida endi o‘ynamayapti? Bu tentaklik. To‘g‘ri, uning yoshi katta, ammo hozir ham u Angliyaning eng yaxshi futbolchilaridan biriku? Menimcha, Skoulzning borligi «Yunayted»ning eng katta omadlaridan biridir.
PeLe: Agar Skoulz men bilan birga o‘ynaganda, gollarim soni ancha ko‘proq bo‘lardi.
RONALDINO: Men ham u kabi to‘p uzatishlarni amalga oshirishni istayman. Kim unga buni o‘rgatgan ekan-a?
Krishtianu RONALDU: Skoulz men birga o‘ynagan eng yaxshi futbolchidir. Yoshlik yillarimda uning menga yordami juda ko‘p tekkan.
Maykl OUEN: Dunyoda hech kim uzoq masofaga u kabi to‘p oshira olmaydi. Uning mashg‘ulotlarini har kuni tomosha qilish menga zavq bag‘ishlardi. Buyuk futbolchi.
Robbi SEVIJ: Afsona so‘zini ishlatishda ko‘pincha oshirib yuborishadi. Ammo Skoulz - afsona. Nuqta.
Andrey SheVCheNKO: Ularning tarkibida ikki nafar dunyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bor. Ammo meni ko‘proq Pol Skoulz hayron qoldiladi. U «Yunayted»ning eng muhim o‘yinchisidir.
Patrik VIYeYRA: Meni eng ko‘p hayratlantiradigan Premer Liga yulduzi? Bu oson savol, Pol Skoulz.
XAVI: So‘nggi 15-20 yilda men ko‘rgan eng yaxshi markaziy yarim himoyachi - Pol Skoulz. Bu haqida biz Alonso bilan ko‘p gaplashardik. Skoulz gol uchun pas ham qila oladi, jismonan kuchli, to‘pni undan olib qo‘yish qiyin. Menimcha, agar u ispaniyalik bo‘lganida, uni ko‘proq qadrlashgan bo‘lardi.
Zaynidin ZIDAN: Eng noqulay raqib? «Manchester»dagi Skoulz. U mukammal yarim himoyachi. Mukammal futbolchini uchratish oson emas, ammo Skoulz bu tarifga eng yaqin futbolchilardan biridir.
Fil NeVILL: Men Polni Angliya terma jamoasining eng yaxshi o‘yinchisi deb bilaman. U jamoaviy futbolchi. Boshqa jamoalardagi har qanday futbolchidan so‘rang, u terma jamoamizda Polni alohida ajratib ko‘rsatadi. Menimcha, u yetarlicha qadr topmayapti, aslini olganda, Skoulz Zidan va Figu bilan bir qatorda turishi kerak bo‘lgan yarim himoyachidir.