Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kolumbiyada avtobus jarga quladi, qurbonlar ko‘p
Kolumbiya shimoli-g‘arbida avtobusning jarga qulashi oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi va 35 inson jarohatlandi. Bu haqda El Pais mahalliy gazetasi xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, hodisa Atlantiko departamentidagi Sabanalarga munitsipalitetida yuz bergan.
Ayni damda jabrlanganlar shifoxonaga olib ketilgan, voqea joyiga tez tibbiy yordam mashinalari hamda vertolyot yuborildi.
Hukumat rasmiylari fojia qurbonlari soni oshishi mumkin ekanini istisno etishmayapti, sababi avtobusda necha nafar yo‘lovchi bo‘lgani noma'lum.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistonda ko‘mir ortilgan yuk mashinasi kamida 17 kishining umriga zomin bo‘lgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:15 / 16.06.2026
Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi
22:52 / 14.06.2026
O‘zbekiston - Kolumbiya o‘yinini angliyalik hakam boshqaradi
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
08:39 / 03.06.2026