Shavkat Mirziyoyev Koreyada kutib olindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Mun Je Inning taklifiga binoan 22 noyabr kuni davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasiga yetib bordi.
O‘zA xabariga ko‘ra, Seul xalqaro aeroportida O‘zbekiston Prezidenti sharafiga ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qarovul saf tortdi. Davlatimiz rahbarini Koreya Respublikasining rasmiy shaxslari kutib oldi. Marosimdan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.
Ushbu tashrif O‘zbekiston – Janubiy Koreya o‘rtasida muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi uchrashuvlarning mantiqiy davomi bo‘lib, davlatlarimizning o‘zaro aloqalariga doir keng ko‘lamli masalalarni muhokama qilish, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashish imkonini bermoqda.
Oliy darajadagi muzokaralarda o‘zaro hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-sarmoyaviy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi davlatlararo aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashish ko‘zda tutilgan.
Avval xabar qilinganidek, tashrif doirasida davlatimiz rahbari Milliy Assambleya Spikeri Chon Se Gyun va Koreya Respublikasi Bosh vaziri Li Nak Yon bilan uchrashishi, ikki davlatning yetakchi iqtisodiy va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari, yirik ishbilarmonlar ishtirokidagi O‘zbekiston – Janubiy Koreya biznes forumida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Tashrif yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi Prezidentlarining Strategik sheriklikni har tomonlama rivojlantirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, shuningdek, turli sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga doir ko‘plab hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, tijorat kelishuvlari va shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Trampning vakili Moskvada. Kremldagilar vaqtincha sulhga rozi emas
Jahon | 20:02
-
O‘zbekiston va Fransiya strategik sherik bo‘ldi. Maqsadlar va manfaatlar nima?
O‘zbekiston | 19:54
-
Qorabog‘ sobiq bosh vaziri Vardanyan ochlikni to‘xtatdi. U 23 kun davom etdi
Jahon | 19:15
-
Tramp prezidentligi davrida 30 mingdan ortiq migrant hibsga olindi
Jahon | 19:11
Mavzuga oid

20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi

21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi

19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi

16:30 / 01.10.2024