Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlyandiyada hasharotlardan tayyorlanadigan nonlar sotila boshlanadi
Finlyandiyaning Fazer kompaniyasi 24 noyabrdan hasharotlar qo‘llangan holda tayyorlanadigan nonlarni sotishni boshlaydi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar bermoqda.
Kompaniyada ta'kidlanishicha, ushbu mahsulot dunyoda ilk shunday mahsulot bo‘ladi. Har bir nonga 70 ta chigirtka kerak bo‘ladi – ular maydalanib, unga qo‘shiladi.
“Chigirtkalardan tayyorlanadigan non – yaxshi oqsil manbaidir, hasharotlar foydali bo‘lgan moy kislotalari, kalsiy, temir va vitamin V12’ga ega”, deb aytmoqda Fazer Bakeries kompaniyasining innovatsiyalar bo‘yicha direktori Yuxani Sibakov. Uning aytishicha, kompaniya “chigirtkali” non yaratish g‘oyasi ustida 2016 yil yozidan boshlab ish olib borgan va tegishli qonun qabul qilinishini kutgan.
1 noyabrda Finlyandiya Yevropaning bir qator davlatlari (Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Niderlandiya, Shveytsariya) ortidan hasharotlarni taomga qo‘llash uchun ularni ko‘paytirib, sotishga ruxsat berdi.
Mavzuga oid
08:40 / 23.04.2026
Finlandiyada dunyodagi eng uzun piyodalar ko‘priklaridan biri ochildi
22:02 / 21.04.2026
Finlandiyada dunyodagi eng uzun piyodalar ko‘prigidan biri ochildi
19:38 / 02.04.2026
To‘rtta viloyatda zararkunanda chigirtkalar tuxumdan chiqa boshladi
14:45 / 01.01.2026