Gap Kruunuvuori köprigi haqida ketmoqda. U ötgan dam oliş kunlari jamoatçilik uçun oçildi. Köprik faqat piyodalar, velosipedçilar va tramvaylar uçun möljallangan bölib, tramvay qatnovini kelasi yil boşida yölga qöyiş rejalaştirilgan.

Köprikning uzunligi 1,19 kilometrni taşkil etadi. U Helsinkining şarqiy orol hududlarini şahar markazi bilan boğlovçi Crown Bridges loyihasining sönggi qismiga aylandi. Şu tufayli aholi tabiat bilan uzviy boğliq odatiy turmuş tarzidan voz keçmagan holda, şahar markaziga yanada tezroq yetib borişi mumkin böladi.

Köprik Kruunuvuorenranta tumani, Korkeasaari oroli, Laayasalo tumani va Helsinki markaziy qismini boğlaydi.

Loyiha Britaniyaning Knight Architecs byurosi tomonidan WSP Finland muhandislari bilan hamkorlikda işlab çiqilgan. Inşoot vantili konstruksiyaga ega bölib, uning piloni balandligi 135 metrni taşkil etadi. Şu bilan birga, köprik yengil egri şaklda qurilgan: muhandislar sözlariga köra, bu nafaqat konstruktiv yeçim, balki makonni yaxşiroq his qiliş usuli hamdir — egilgan şakl yönalişning yakuniy nuqtasini yaxşiroq anglaşga yordam beradi.

Loyihada köplab puxta öylangan detallar nazarda tutilgan. Pilon sutkaning vaqti va faslga qarab rangini özgartiruvçi LED yoritgiçlar bilan jihozlangan. Maxsus tösiqlar piyodalar va velosipedçilarni kuçli şamoldan himoya qiladi, troslardagi plastik elementlar esa muz töplanişining oldini oladi — muz şunçaki tökilib tuşadi.

Köprikni loyihalaş uçun taxminan 100 ming soat sarflangan, uning hisobiy xizmat muddati esa 200 yilni taşkil etadi. Buning uçun maxsus muhandislik yeçimlari qöllangan: yuqori yuklamalarga çidamli kuçaytirilgan beton konstruksiyalar, boğlaniş joylarida metall çarçaşini kamaytiriş çoralari, şuningdek, dengiz muhitida zanglaşdan himoya qiliş uçun zanglamaydigan pölatdan foydalanilgan.

Şu bilan birga, tramvay liniyasi qurilişi ham davom etmoqda. U yaqin yillarda aholisi ikki barobarga köpayişi mumkin bölgan Laayasalo tumani bilan transport aloqasini tezlaştirişi, şuningdek, Helsinki metrocining şarqiy yönalişlaridagi yuklamani kamaytirişi kutilmoqda.

Kutilişiça, 2027 yilga kelib uşbu köprik orqali tramvay qatnovi yölga qöyiladi va u şahar markazini yangi turar joy hududlari bilan töğridan töğri boğlaydi.

Kruunuvuori allaqaçon piyodalar harakati va yengil relsli transportni birlaştirgan dunyodagi eng yirik köpriklardan biri deb atalmoqda. Bunday uzunlikka va şunday funksiyalar uyğunligiga ega öxşaş inşootlar juda kam.