Jahon | 13:58 / 24.11.2017
9013
1 daqiqa o‘qiladi
Amaldor Qozog‘iston parlamentida eshituvlar boshlanishidan avval vafot etdi
Ostonada Qozog‘iston Respublikasining Investitsiyalar va rivojlanish vazirligi geologiya va yer osti boyliklaridan foydalanish bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jaksilik Nazarali vafot etdi, deb xabar bermoqda «Interfaks» idora matbuot xizmatiga tayangan holda.
54 yoshli amaldor Majlisda aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash masalalari bo‘yicha parlament eshituvlari boshlanishidan avval o‘zini yomon his qilgan. U shu eshituvlarda ishtirok etishi kerak edi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, u shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda hayotdan ko‘z yumgan.
Ta'kidlanishicha, Nazarali bu lavozimga joriy yilning avgust oyida tayinlangan.
Mavzuga oid
21:07 / 14.10.2024
Qozog‘iston O‘zbekistonga Rossiya gazi tranzitini oshirishga tayyorlanmoqda
18:23 / 14.10.2024
Qozog‘istonda Telegram ofisi ochiladi
20:36 / 12.10.2024
Jizzaxda O‘zbekiston-Qozog‘iston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari o‘tkazildi
20:50 / 11.10.2024