Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston prezidenti poyga mashinasini haydashi bilan lol qoldirdi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov 22 noyabrda avtomobil sporti markaziga tashrif buyurib, poyga mashinasini boshqarib ko‘rdi.
Ta'kidlanishicha, Turkmaniston ichki ishlar vazirligi yangi poyga mashinalari sotib olgan. Prezident bu mashinalarning qanday yurishini shaxsan o‘zi sinab ko‘rishga qaror qilgan. U sportkarlarni tashqi tomondan ko‘zdan kechirib chiqib, so‘ngra qo‘liga charm qo‘lqoplar kiyib, ulardan birining ruliga o‘tirgan.
Berdimuxamedov mashinada maxsus trekda bir nechta davrani bosib o‘tib, so‘ngra konus atrofida drift bajargan.
Videoga Need For Speed: Underground 2 poyga o‘yinidagi Terror Squad ft Fat Joe — Lean Back musiqiy treki qo‘yilgan.
“Turkmaniston bugun” axborot agentligi Berdimuxamedov Alfa Romeo’ni sinovdan o‘tkazganini ma'lum qilgan. Biroq rolikda avtomobil rulida BMW logotipini ko‘rish mumkin.
Qayd qilish joizki, Turkmaniston prezidenti bir necha marotaba avtopoygalarda ishtirok etib, professional poygachilarni dog‘da qoldira olgan. Turkmaniston OAV vaqti-vaqti bilan prezidentning ot minib Ashxoboddagi qurilish ishlarini ko‘zdan kechirayotgani, velosipedda basketbol o‘ynashi va ichki ishlar strukturalari uchun mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani videolarini namoyish qilib keladi.
Mavzuga oid
07:58 / 07.03.2026
BMW urib ketgan YPX xodimi ishi: avariya tasvirlari paydo bo‘ldi
13:14 / 05.03.2026
“Bu – qonunchilikni qayta ko‘rib chiqish uchun jiddiy signal” – BMW YPX xodimini urib ketishi voqeasi haqida suhbat
10:49 / 04.03.2026
Toshkentda YHXX yig‘ilishi: “shashka”, drift va poyga videolariga qarshi choralar kuchaytiriladi
08:49 / 28.02.2026