Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peruni JCh-2018’da ishtirok etish imkoniyatidan mahrum qilmaslikka qaror qilindi
Foto: Getty Images
Peru hukumati mamlakat terma jamoasiga 2018 yilgi jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatidan mahrum qilish bilan xavf solayotgan qonun loyihasini ko‘rib chiqmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Avvalroq Peru jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi mumkinligi ma'lum qilingandi. Bunga esa perulik siyosatchi Paloma Noseda taklif qilayotgan qonun loyihasi sabab bo‘lgandi. Siyosatchi mamlakat futbol federatsiyasining to‘liq davlat nazoratiga o‘tishini taklif qilgan. Bu esa FIFA qoidalariga zid keladi.
Qonun loyihasining qabul qilinishi Peru futbol federatsiyasining FIFA tarkibidan chetlatilishiga olib kelardi va natijada terma jamoani FIFA shafeligida o‘tuvchi musobaqalarda ishtirok etishdan mahrum qilardi.
“Biz jahon chempionatiga chiqish maqsadimizga qiyinchilik bilan erishdik. Barcha peruliklar bu katta hodisani nishonlashdi, shu sababli umum osoyishtalik uchun qonun loyihasini qaytarib olishga qaror qildik”, deb aytgan siyosatchining o‘zi.
Mavzuga oid
22:43 / 08.11.2025
O‘zbekiston o‘smirlari jahon chempionatida Irlandiyaga yutqazdi
22:31 / 09.10.2025
FIFA jahon chempionatlarini yozda o‘tkazishdan voz kechish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
19:17 / 02.10.2025
O‘zbekiston va Ozarboyjon 2027 yilgi FIFA U-20 jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
21:38 / 16.09.2025