Özbekiston Interpol milliy markaziy byurosi xalqaro qidiruvdagi şaxsni ekstraditsiya qildi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Interpol kanallari orqali qidiruvga berilgan şaxs Perudan Özbekistonga olib kelingan. U Turkiya fuqarosi bölgan hamda Özbekistonda öta yirik miqdordagi firibgarlikni sodir etgani uçun qidiruvga berilgan.

Qidiruvdagi şaxs Interpolning Özbekiston hamda Peru Milliy markaziy byurolarining muvofiqlaştirilgan harakatlari, şuningdek, Özbekiston Boş prokuraturasi Xalqaro-huquqiy departamenti va Peru Adliya vazirligining faol kömagida qölga olingan. Ekstraditsiya Toşkent va Lima Milliy markaziy byurolari xodimlarining hamkorlikdagi tezkor-qidiruv tadbirlari hamda ekstraditsiya jarayonida tranzit ötgan Fransiya va BAA vakolatli organlarining xalqaro huquq doirasida körsatgan yordami tufayli amalga oşirilgan.

Ekstraditsiya qilingan şaxs keyingi protsessual harakatlarni ötkaziş hamda Özbekiston qonunçiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiş uçun Interpol milliy markaziy byurosi va Boş prokuratura xodimlari hamrohligida Özbekistonga olib kelingan.

Avvalroq xalqaro qidiruvdagi şaxs Gruziyadan Özbekistonga ekstraditsiya qilingandi.